Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Italiyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
2023 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Italiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik bazasi va vakolatlari haqida vatandoshlarga maʼlumot berildi.

Hamyurtlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ular mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borishlarini va Italiyada ko‘plab o‘zbek talabalar taʼlim olayotganidan kelib chiqib, madaniy tadbirlarni ko‘proq tashkil etish taklifini bildirishdi.

Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Italiya senatori, Inson huquqlarini taminlash va himoya qilish qo‘mitasi azosi Chinza Pilligrino bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida senator Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha faoliyati bilan tanishtirildi. 

Chinza Pilligrino Italiya va O‘zbekiston Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish muhim ekanligiga to‘xtalar ekan,  murojaatlar bilan ishlash borasida Italiyaning o‘ziga xos tajribasi borligi, parlamentga ham ko‘plab murojaatlar yuborilishi, ushbu yo‘nalishda ishlovchi senator sifatida ularni o‘rganib, sohalar kesimida tahlil qilinishini taʼkidladi. Shuningdek, O‘zbekistonning har tomonlama rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borayotgani va mamlakatimizga tashrif buyurish istagida ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati