Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Termiz shahridagi aholining huquqiy xabardorligi oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

2023 yilning 28 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagiKattabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 26-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning)  Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan  “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda Termiz shahar adliya bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi,  Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi masʼul xodimlari maʼruza bilan ishtirok etishdi.

150 nafardan ortiq aholi ishtirok etgan tadbirda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati