Dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyasida Ombudsman institutiga takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekani belgilab qo‘yilganligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda Tuyya Braks Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi faoliyatiga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti bilan o‘zaro hamkorlikni yana-da kuchaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston va Finlyandiyadagi Ombudsman institutlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash taklifi bildirildi. Shuningdek, qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM faoliyati, migrantlar huquqlarini himoya qilish va davlatning qonuniy majburiyatlari yo‘nalishlarida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan xolda Ombudsman instituti xodimlari va mintaqaviy vakillari uchun seminar-treninglar tashkil etishga ham kelishib olindi.
Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati