O‘zaro tajriba almashish orqali inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsad qilingan mazkur tadbirda Armaniston, Eron, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Serbiya, Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Turkiya, Mali, Malavi Ombudsmanlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova ham maʼruza bilan ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tadbir ishtirokchilari fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va tibbiy yordam masalalarida huquqiy bilimlarini oshirish va bu borada o‘zaro tajriba almashish maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
Shuningdek, tadbirda YeOAning doimiy aʼzolari tomonidan Bahrayn Podshohligi Inson huquqlari bo‘yicha milliy instituti Alyansga aʼzolikka qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati