Tadbirda taʼkidlanishicha, hozirda ko‘plab davlatlarda buzilgan inson huquqlarini tiklash bo‘yicha fuqarolarning Ombudsmanlarga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Ayniqsa, ular huquq himoyachilari sifatida jamiyatda qanday muammolar borligi haqida hukumatni xabardor qiluvchi va uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib boruvchi institut sifatida shakllandi. Mazkur anjuman esa shu kabi ilg‘or tajribalarni o‘rganish maydoni hisoblanadi.
Xalqaro tadbir ishtirokchilari xotin-qizlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, migrantlar, mahkum va mahbuslar huquqlarini taʼminlash va Ombudsman faoliyatidan aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
2 kun davomida bo‘lib o‘tgan konferensiya yakunlariga ko‘ra, Osiyo, Afrika, Yevropa, lotin Amerikasi davlatlari Ombudsmanlarining 40 yaqin maʼruzalari tinglandi va ularda muhim takliflar bildirildi.
Shuningdek, Moskvaga tashrif davomida Ombudsman Feruza Eshmatova O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati