Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Sardoba tumanidagi aholi murojaatlarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

2023 yilning 27 oktyabr kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida o‘tkazildi. “Do‘stlik”, “Yurtdosh” va "Qo‘rg‘ontepa" mahallalarida yashovchi fuqarolar qamrab olingan tadbir aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi.

Fuqarolar bilan erkin muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimovning fuqarolar qabuli ham tashkil etildi. Unda 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi, shundan 13 tasi joyida hal etildi. O‘rganish muddat talab qiladigan murojaatlar Ombudsman mintaqaviy vakilining ish yurituviga qabul qilib olindi.

Sayyor qabulda ishga joylashish, pensiya tayinlash, ijtimoiy yordam, jumladan, bola puli olish, uyni taʼmirlash, farzandini davolanishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati