Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaatlar qilishdi? 
2023 yilning 31 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulga 30 dan ortiq fuqarolar kelib, ishga tiklash, ish haqini undirish, meros, kompensatsiya, aliment undirish, moddiy yordam olish, uy-joy, afv, mahkumlarni uy joyiga yaqin bo‘lgan muassasaga joylashtirish, sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati