O‘zaro muloqot davomida Ombudsman instituti tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari va ularda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, hamda OAVning ishtiroki, Milliy preventiv mexanizmning “Ombudsman+” modeli haqida so‘z bordi.
Shuningdek, mehmonlar Ombudsmanning Parlament, vazirlik va idoralar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorligi hamda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasining ahamiyati bilan tanishtirildi.
“Biz mamlakatingizda amalga oshirilayotgan barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab oluvchi keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Byuro ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor" - dedi M.Mekachchi. Shuninndek, u O‘zbekistonda YEXHT DIIHBning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini inobatga olinayotgani va bu borada yaxshi natijalar qayd etilganidan mamnun ekanligini bildirdi.
O‘zaro do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati