Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o‘rinbosari fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
2023 yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulga 10 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ishga tiklash, ish haqini undirish, moddiy yordam olish, uy-joy, sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati