Mazkur murojaat o‘rganish uchun Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborildi. Mintaqaviy vakil masʼul tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida murojaatchining 2-guruh nogiron qiziga 2023-2025 yillar uchun nogironlik nafaqasini olishi belgilangani, bu bo‘yicha qayta murojaat qilishga asoslar yo‘qligi tushuntirildi.
Murojaatchining o‘g‘lini qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi va nogironlik guruhini o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, fuqaroga mulkiy masalada ham huquqiy maslahatlar berildi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Shahrixon tumanida yashovchi nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ona N.B. murojaat qildi. 2 nafar farzandning onasi va 2-guruh nogironi bo‘lgan murojaatchi unga 2019 yilda davlat tomonidan uy berilganini lekin, hozirga kelib, quruvchi 105 mln so‘m to‘lashi yoki uyni bo‘shatishligini talab qilayotganligini bildirdi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili ushbu murojaat yuzasidan mutasaddi idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, holatni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish jarayonida fuqaro N.B.ga davlat tomonidan berilgan uy-joy davlat kadastridan o‘tkazilganligi va uyni bo‘shatishga hech qanday asoslar yo‘q ekani maʼlum bo‘ldi. Taraflarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ombudsmanga Asaka tumanidan yuborilgan yana bir murojaatda fuqaro M.M. mahallasida gaz va elektr energiyasi bo‘yicha uzilishlar masalasida tegishli tashkilotlarga murojaat qilganligi va hech qanday natija bo‘lmaganligi bo‘yicha shikoyat qildi. Shuningdek, 2-guruh nogironi bo‘lgan onasini davolatishda ham amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yuzasidan Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakili boshchiligida tegishli masʼul tashkilotlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, holat joyiga chiqib o‘rganildi. Murojaatchining tabiiy gaz va elektr energiyasi bo‘yicha muammolari hal etildi.
Shuningdek, murojaatchining 2-guruh nogironi bo‘lgan onasiga maxsus protez-ortopediya moslamasi kerakligi aniqlanib, uning “Ayollar daftari”ga kiritilishi va 2024 yilning yanvar oyida olib berilishi maʼlum qilindi va nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati