Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqanddagi 38-son мanzil-koloniyasiga o‘tkazilgan monitoring tashrifi doirasida mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2023 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Samarqand shahrida joylashgan 38-son мanzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Monitoring davomida mahkumlarning yashash sharoitlari, jumladan, yotoq joylari, yuvinish xonalari, tibbiyot bo‘limi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan joylar, mehnat sharoitlari hamda uzoq muddatli uchrashuv xonalari ko‘zdan kechirildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ombudsmaning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili monitoring tashrifida mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashib, ular murojaatlarini qabul qildi va muassasadagi sharoitlar bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. Jamoaviy shaklda o‘tkazilgan muloqotlarda ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Shu kuni monitoringga koloniyadagi 280 nafar mahkumni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida 16 nafar tor doiradagi shifokorlar guruhi jalb etildi. Mutaxassislar avtobusga o‘rnatilgan ko‘chma mobil oftalmolog, ultratovush, EKG va laboratoriya uskunalari yordamida mahkumlar sog‘lig‘ini tekshirishdi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida 3 nafar mahkumda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ehtiyoj borligi aniqlanib, ularni ro‘yxati shakllantirildi. 3 nafar mahkum shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Bundan tashqari, hududdagi poliklinikaning stomatologiya bo‘limida 2 nafar shaxsning tishlari davolandi.

Shuningdek, Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan mahkumlar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan 4 ta qo‘ltiq tayoq, 2 ta hassa, 1 ta quloq ortiga qo‘yiladigan eshitish apparati  va 2 ta nogironlik aravachalari berildi.

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati