Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya —inson, jamiyat va davlat rivojining garovi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya —inson, jamiyat va davlat rivojining garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tildi, fikr almashildi. Xususan, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengayib, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilganligi, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanganligi masalasi ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya sudlar tizimi faoliyatiga ham yangicha mazmun olib kirganligi, ya’ni endilikda Konstitutsiyaviy sud sudyalarini qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylash tartibi belgilanganligi, Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan murojaat qilishga haqli ekanligiga oid maxsus norma o‘rnatilganligi fuqarolarga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga zamin yaratishi e’tirof etildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirganligi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, uni ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, jamiyatni yanada taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.