Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiyamizning 31 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning mintaqaviy vakillari tomonidan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, aholining konstitutsiyaviy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 5 dekabr kuni Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

6 dekabr kuni Andijon davlat universitetida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida tashkil etilgan tadbir "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — davlat va jamiyat taraqqiyoti manbai" mavzusiga bag‘ishlandi. 

7 dekabr kuni Namangan muhandislik-qurilish institutida o‘tkazilgan tadbir “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda so‘nggi yillarda inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, xususan, konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘z bordi.

Shu kuni, Xorazm viloyati Urganch davlat universitetida ham “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalarning mustahkamlanishida Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z bordi.

Shuningdek, bugun Namangan viloyatidagi 6 sonli JIEKda ham mahkumlarning konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 200 nafarga yaqin mahkumlar qamrab olingan tadbirda, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Bosh Qomusimizdagi inson huquqlariga oid normalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. 

Farg‘ona shahrida joylashgan 10-sonli tergov hibsxonasida tashkil etilgan tadbirda Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili xodimlarni Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan normalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. 

Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir “Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasi — inson huquqlarining kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Buxoro viloyatida Xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda ishtirok etgan Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni amalga oshirish, ayniqsa, ayollar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish borasida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning ahamiyati haqida maʼlumot berdi.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Konstitutsiya-adolat tantanasi” nomli huquqiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda o‘quvchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, imkoniyatlar va ularning huquqiy asosi haqida o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirishdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati