140 nafar huquqbuzarlarni saqlashga mo‘ljallangan Maxsus qabulxonada o‘rganish kuni 112 nafar shaxs saqlanayotganligi aniqlandi.
Monitoring davomida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, sayr qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish, sanitariya sharoitlari o‘rganildi va xonalarning isitilishi holati tekshirildi.
Ombudsman mintaqaviy vakili Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar o‘tkazib, ularning sharoitlar va xodimlarning muomalasi haqidagi fikrlarini o‘rgandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati