Qabulga 20 dan ortiq fuqarolar kelib, maʼnaviy zarar undirish, pensiya, sud tergov jarayonlariga oid hamda mahkumlarning yaqin qarindoshlari farzandlarini boshqa uyiga yaqinroq muassasaga o‘tkazish va ularning sog‘lig‘i bo‘yicha murojaatlarini qoldirishdi.
Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz saytida tanishasiz.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati