Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdan 215km uzoqlikda joylashgan Mo‘ynoq tumanida yashovchi  fuqarolardan yuborilgan murojaatlar tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka hududi hisoblangan Mo‘ynoq tumanida tashkil etildi. Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda “Do‘stlik”, “Tallio‘zak”, “Aral” va “Jayhun” mahallalaridan 80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.

Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda, ushbu tadbir Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga bag‘ishlangani alohida taʼkidlandi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbir aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnat huquqi masalalariga bag‘ishlandi.

Loyiha doirasida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili fuqarolar qabulini o‘tkazib, ular murojaatlarini o‘rgandi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati