Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soati” o‘tkazilmoqda
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarning inson huquqlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha respublika bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, Guliston shahridagi 2-sonli, Urganch tumanidagi 1-sonli, Jizzaxdagi 8-sonli hamda Farg‘ona shahridagi 5-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tashkil etildi.

Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi taʼlim har bir shaxsga o‘z huquqlarini talab qilish barobarida o‘zgalar huquqlarini ham poymol etmasliklari uchun zamin yaratishi alohida taʼkidlandi.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan darslarda o‘quvchilar inson huquqlariga oid ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati