Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijon “Saxovat” internat uyida yashovchi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar sharoitlari o‘rganildi
2024 yilning 22 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Monitoring o‘tkazilgan kunda 110 o‘ringa mo‘ljallangan internat uyida 101 nafar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu muassasaga 9 nafar shifokor, 22 nafar hamshira va 27 nafar kichik tibbiy xodimlar hamda xo‘jalik xodimlari bilan birga jami 93 shtat birligi ajratilgan, shundan 3 ta ish o‘rni vakant.

Dastlab, Andijon “Saxovat” internat uyida yashovchi qariyalarning yashash, ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlar o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar Ombudsman mintaqaviy vakili tavsiyasiga ko‘ra bartaraf etildi.

Shundan so‘ng, “Saxovat” internat uyida yashayotgan 10 nafarga yaqin keksalar iltimosiga ko‘ra, ular bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Ushbu murojaatlar asosida baʼzi keksalar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va xona harorati yetarli bo‘lmagani uchun qo‘shimcha isitgichlar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati