Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijon, Sirdaryo, Navoiy viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarida “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildi
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Andijon viloyatidagi 36-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 7-sonli, Navoiy shahridagi 16 hamda 22-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.

Tadbir “Ombudsman-huquq himoyachisi” mavzusida interfaol mashg‘ulot shaklida tashkil etilib, o‘quvchilarga inson huquqlari va erkinliklarining  mazmun-mohiyati, ushbu huquqlarni taʼminlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati