Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi 27-son manzil koloniyasida saqlanayotgan mahkumlar sharoitlari yaxshilanmoqda
2024 yilning 14 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili J.Shlimbetov Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son Manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, kutubxona va boshqa sharoitlari o‘rganildi.

Maʼlum bo‘lishicha, koloniyada sport maydonchasi tashkil etilgan, yotoqxonalarning eshik va derazalari almashtirilgan, yangi yuvinish xonasi qurilgan hamda oshxona qayta taʼmirlanib, yangi jihozlar bilan taʼminlangan. Qayd etish lozimki, Ombudsman mintaqaviy vakili ushbu koloniyaga amalga oshirgan avvalgi o‘rganishlarida bergan tavsiyalarida ushbu masalalarga eʼtibor qaratgan edi. 

Shuningdek, Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili koloniyada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va 17 nafar mahkum bilan yakka tartibda suhbatlashdi. Sayyor qabulda mahkumlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, intizomiy jazolarni yengillashtirish va oilasiga moddiy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.

Tashrif doirasida koloniya xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etilib, ular qiynoq holatlarining oldini olish, bu illatga butunlay barham berish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati