Erkin muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishining kafolati ekanligi qayd etildi. Talabalar xorijiy davlatlar Ombudsmanlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Shuningdek, Ombudsmanlar talaba-yoshlar bilan kelgusida onlayn platformalar orqali muloqot qilishga tayyor ekanliklarini bildirib, ularga qimmatli tavsiyalarini bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati