O‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Andijon viloyatidagi 14-sonli, Navoiy viloyatidagi 15-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 55-sonli, Termiz shahridagi 26-sonli hamda Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 1,10 va 17-sonli umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.
Tadbirlar “Ombudsman-huquq himoyachisi” mavzusida interfaol mashg‘ulot shaklida tashkil etilib, o‘quvchilarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmun-mohiyati, ushbu huquqlarni taʼminlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati