Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nogironlik guruhini belgilashda xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Norin tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan ukasiga nogironlikni qayta belgilash bo‘yicha yozgan arizasi xolis ko‘rib chiqilmayotgani bo‘yicha shikoyat qildi.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborildi.

Holat masʼul tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi va tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada murojaatchining 3-guruh nogironligi belgilangan ukasi malakali shifokorlar tomonidan qayta tibbiy-mehnat ekspertizasidan o‘tkazilib, unga 2-guruh nogironligi belgilandi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda Ombudsmanga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari bo‘yicha 133 ta murojaat kelib tushgan. Ularda nogironlik guruhini belgilash, uni qayta ko‘rib chiqish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy imtiyozlar tatbiq etish masalalari ko‘tarilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati