Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi olib borilayotgan ishlar va Vakilning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.
Andre Algermissena O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning keng qamrovli faoliyatini eʼtirof etar ekan hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati