Mehmonlar xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi va erishilgan natijalar e’tirofga loyiq ekanligini bildirib, ushbu islohotlar bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘rni, murojaatlar bilan ishlash jarayonlariga ham katta qiziqish bildirishdi.
Kolumbiya universiteti aspirantlari Ananya Muxejee, Narueporn Lertvitavashchay hamda Daniyela Botoya Rankanolar mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilik asoslarining mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi manzilli chora-tadbirlarni yuqori baholashdi.
Uchrashuvda Ombudsmanga xotin-qizlar tomonidan yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ularning huquqiy xabardorligini oshirish borasidagi loyihalar haqida ham so‘z bordi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda Kolumbiya universitetining tadqiqotchilari suhbat davomida olingan ma’lumotlardan ilmiy izlanishlarida foydalanishlarini bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati