Monitoring o‘tkazilgan kunda 330 o‘ringa mo‘ljallangan internat uyida 325 nafar nogironligi bo‘lgan erkaklar joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shaxslarga 223 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda.
Dastlab, Xiva “Muruvvat” internat uyida yashovchi nogironligi bo‘lgan erkaklarning yashash, ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari o‘rganildi.
Shundan so‘ng, “Muruvvat” internat uyida davolanayotgan bemorlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi hamda Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha vasiylikdagi shaxslarga bayram sovg‘alari topshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati