Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoro, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida maktab o‘quvchilarining Konstitutsiyaga oid bilimlari yanada mustahkamlandi
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar  Sirdaryo viloyatidagi 26-sonli, Buxoro shahridagi 11-sonli, Anidjon viloyatidagi 6-sonli, Toshkent viloyatidagi 1, 4, 18 va 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda shu viloyatning 9-son maxsus harbiylashtirilgan maktabida tashkil etildi.

“Ombudsman soat”larida yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, Ombudsmanlar hayotiy vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida ham o‘quvchilar xabardorligi oshirildi.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar ishtirokida turli intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati