Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Toshkent shahridan fuqaro T.M. yoshga doir pensiya miqdoridan norozi bo‘lib, uni qonun hujjatlari talablariga muvofiq qayta hisoblab chiqilishida yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat dastlab Ombudsman tomonidan nazoratga olindi va  Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari jalb etilib, ishchi guruh shakllantirildi.

Ishchi guruh bilan birgalikda murojaat joyiga chiqqan holda fuqaro T.M. ishtirokida o‘rganildi va tegishli hujjatlar jamlanmasi tahlil qilindi.

Shikoyat yuzasidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlarining faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi va pensiya miqdori to‘g‘ri hisoblanganligi haqida  yakuniy xulosa chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘rsidagi 196-son Farmonga muvofiq, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-dekabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7% ga, bazaviy hisoblash miqdori esa 3% ga oshirilishi belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati