Unda fuqarolar sog‘liqni saqlash, pensiya, vasiylikka olish bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
Qabul davomida nazoratga olingan murojaatlardan biri Olot tumani fuqarolariga EXO va MRT kabi tibbiy apparatlaridan foydalanish uchun Buxoro shahriga qatnash uzoqlik qilayotgani hamda yashayotgan hududlarida ushbu xizmatlardan foydalanish uchun sharoit yaratib berish masalasida bo‘ldi.
Shu kuni Olot tumanidagi “Xalifa”, “Bunyodkor”, “Ma’rifat” va “Xalqobod” MFYda yashovchi fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri ham o‘tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbirda ham hududlardagi aholi tomonidan yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati