Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi
2024-yilning 26-mart kuni Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasida mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya aʼzolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova ham ishtirok etdi.

Komissiya aʼzolari tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlarning shaxsiy xujjatlarini o‘rganishdi va ular bilan suhbatlashishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 1021-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-eʼtiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.

Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosa qilishda ularning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mahkumlarning muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilgani va intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmagani kabi mezonlar ham ko‘rib chiqildi.

Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish to‘g‘risidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati