Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakili Uzun tumani aholisi bilan ochiq muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida aholining huquqiy savodxonligini hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan xabardorligini oshirishga qaratilgan "Ombudsman maktabi" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir 2024-yilning 26-mart kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan Uzun tumani pedagogika kollejida o‘tkazildi. Tadbirda mazkur hududdadagi mahallalardan jami 100 nafarga yaqin fuqaro qamrab olindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan masʼul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini taʼminlash, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, mobil xizmatlardan foydalanish, imtiyozli kredit olish tartibi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, pensiyaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqot davomida Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati