Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan koloniyasida yana 60 nafarga yaqin mahkumlarga sertifikatlar topshirildi
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Namangandagi jazo muddatini o‘tayotgan 300 nafardan ortiq mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilgan edi.

Kuni kecha  Pop tumani 6-son jazoni ijro etish koloniyasida 3 oylik kasb-hunar o‘rganish kurslarini tamomlagan yana 60 nafarga yaqin mahkumga sertifikatlar topshirildi. Ular quyma buyumlar tayyorlash, mebel ishlab chiqarish, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yasash hamda charm mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganishdi.

Shu bilan bir qatorda Rag‘batlantirish komissiyasi bilan birgalikda turkum tarbiyachilar kengashi tavsiyasiga ko‘ra ushbu muassasadagi 300 nafardan ortiq mahkumlar tashakkurnoma, navbatdan tashqari telefon so‘zlashuvi, qisqa va uzoq muddatli uchrashuv hamda jazoni yengillashtirish orqali rag‘batlantirildi. 

Shuningdek, Ombudsmanning Namangandagi vakili koloniyadagi mahkumlar bilan jamoaviy tartibda suhbat o‘tkazdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati