Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar Buxoro shahridagi 22-sonli, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 22 va 31-sonli, Andijon tumanidagi 71-sonli, Navoiy viloyatidagi 1 va 2-sonli, Farg‘ona viloyatidagi 11 va 40-sonli, Sirdaryo tumanidagi 41-sonli, Xorazm viloyatidagi 1-sonli hamda Xonqa tumanidagi Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.

Darslar “Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” mavzusida interfaol mashg‘ulot shaklida tashkil etilib, o‘quvchilarga inson huquqlari va erkinliklarining  mazmun-mohiyati, ushbu huquqlarni ta’minlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Hayotiy vaziyatlar misolida berilgan yangi ko‘nikmalar va o‘zaro savol-javoblar darslarni yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati