Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ikkinchi kun: Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari faoliyatini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan xalqaro tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston hamda Turkmaniston Ombudsmanlari faoliyatining muhim jihatlari va erishilgan natijalari haqida maʼruza qilishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qonuniy vakolatlari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, murojaatlar bilan ishlashdagi yangi mexanizmlar, qonunchilikni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda “A” statusini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarining ahamiyati hamda ularda jamoatchilik vakillari va OAVning ishtirok etayotgani mamlakatdagi ochiqlik siyosatiga mos ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Markaziy Osiyo Ombudsmanlarining inson huquqlarini taʼminlash borasidagi faoliyatlariga bag‘ishlangan sessiya o‘zaro savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.

Xalqaro tadbir o‘z ishini 19 aprelga qadar davom ettiradi. Tadbir doirasida ishtirokchilar Finlyandiya Ombudsmani ofisi, Finlyandiya Oliy maʼmuriy sudi va Bosh prokuraturasiga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.

Shuningdek, Finlyandiyadagi jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar ham o‘rganiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati