Murojaatda qayd etilishicha, 2019-2022 yillar davomida murojaatchi X.D. otasi va akasi bilan birgalikda mexanizator vazifasida ishlashgan va ish beruvchi bilan oyiga uch million so‘mdan ish xaqi berilishiga kelishib olishgan. Lekin, ish beruvchi so‘nggi 3-4 oylik ish haqlarini to‘lamagan. Fuqaro X.D. ushbu masalada turli idoralarga qilingan murojaatlardan natija bo‘lmaganligini bildirgan.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, mintaqaviy vakil tomonidan o‘rganilishi natijasida masala o‘z yechimini topdi.
Fuqaro X.D. bilan bog‘lanilganda, ish beruvchi ularga 34 mln so‘m ish haqlarini to‘liq to‘lab berganligini maʼlum qildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati