Navbatdagi tadbir Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan 329-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.
“Ombudsman soat”ida yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquqlarini mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlovchi milliy institutlar faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
120 nafardan ortiq o‘quvchilar qamrab olingan mazkur tadbir o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati