Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 27-moddasida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan 14 ta davlat organlari va mansabdor shaxslar belgilangan. Ular Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub’yektlar maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyati davomida qonun hujjatlari va ularning Konstitutsiyaga muvofiqligi yuzasidan ma’lum masalaga duch kelgan hollarda murojaat qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari, talabalar Ombudsmanning qonunchilik asoslarining takomillashtirilishi, faoliyatidagi muhim ijobiy o‘zgarishlar va joriy etilgan samarali mexanizmlar bilan tanishtirildilar.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan erkin muloqot davomida, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar va Ombudsmanning ta’sir choralari keyslar asosida tahlil qilindi. Ushbu tadbir, talabalarga amaliy bilimlarni oshirish va mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasidagi Ombudsmanning roli haqida yaqindan tanishish imkonini berdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati