Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi 
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Asaka tumanida yashovchi fuqaro T.R. uy hujjatlari rasmiylashtirib berilmayotgani yuzasidan tuman kadastr bo‘limi ustidan shikoyat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro T.R.ga tegishli bo‘lgan yer maydoni 7 sotixni tashkil etib, u ko‘chaning tashqi tomoniga 1 xonali uy qurgan. Ushbu uyga 2021-yildan buyon kadastr hujjatlarini rasmiylashtira olmagan. Uning yozishicha, kadastr bo‘limlariga qilgan murojaatlari ijobiy hal etilmagan.

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holat uning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan tegishli davlat tashkilotlaridan ishchi guruh tuzilgan holda joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida murojaatchi uyi joylashgan yer maydonidan katta kuchlanishdagi simlar o‘tgani, yer maydonidan faqatgina ekin ekib foydalanishga ruxsat berilgani va kadastr hujjatlari rasmiylashtirish mumkin emasligi aniqlandi. 

Natijada fuqaro T.R.ga uning uyiga yaqin va hozirda foydalanilmayotgan hududning ma’lum qismini qonuniy yo‘l bilan sotib olib, uy-joy qurish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsman fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ustidan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari va qonunchilik doirasida ko‘rib chiqadi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati