Mazkur uchrashuv inson huquqlari va erkinliklarini, xususan, ayollar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan islohotlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Shu bilan bir qatorda, uchrashuvda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda Ombudsman instituti tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, joriy etilgan zamonaviy mexanizmlar haqida so‘z bordi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari, jumladan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish yuzasidan fikr almashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati