Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqandda o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida 5 nafar fuqaroda bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazilishi belgilandi
Samarqand viloyatining chekka hududlarida o‘tkazilayotgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir 2024-yil 16-may kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazildi. Unda Ingichka qo‘rg‘onchasida joylashgan “Abdulla qaxxor”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Islom Shoir”, “Nurobod” va “Usmon Nosir” MFY aholisi qamrab olindi. 

Dastlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga ushbu hududdan yuborilgan murojaatlar tahlil qilindi, mahallalardagi yettilik guruhlari tomonidan aholining muammolari o‘rganildi. “Ombudsman maktabi” loyihasi tadbiriga ushbu aniqlangan masalalardan kelib chiqib, tegishli davlat idoralari va tashkilotlari vakillari hamda malakali mutaxassislari jalb qilindi.

Tadbirda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Adliya boshqarmasining DXM tomonidan mobil xizmatlari, Viloyat bandlik boshqarmasini bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, Kasb-hunarga o‘qitish markazi, Monomarkaz, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi va Tashqi mehnat migratsiyasi viloyat bo‘limlari ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda tadbirga jalb etilgan davlat tashkilotlari rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun tor doiradagi 14 nafar mutaxassislar jalb etilgan holda 460 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, kasallik aniqlangan 96 nafar fuqaro uchun tuman va viloyat darajasida sog‘lomlashtirish rejasi belgilab olindi. Bundan tashqari, 5 nafar kam ta’minlangan fuqarolarda bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish belgilandi.

Shuningdek, nafaqa yoshidagi va ko‘rish qobiliyati yomonlashgan fuqarolarga shu kunning o‘zida qo‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 41 dona ko‘zoynaklar shifokor xulosasi asosida berildi. Aholiga shu kunning o‘zida 32 turdagi 355 dona dori-darmon vositalari bepul tarqatildi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda 17 nafar fuqaroga reablitatsiya uskunalarini yangi tizim orqali olish tartibi o‘rgatilib, buyurtma berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 12 nafar fuqaroga nafaqa yoshidagilarni sanatoriyalarga borish uchun elektron ro‘yxatga qo‘yish va boshqa xizmatlar ko‘rsatildi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi vakillari tomonidan chet elga qonuniy tartibda borib ishlash jarayonlari va monamarkazlarda bepul o‘qib, kasb-hunar egallashlari mumkinligi tushuntirildi. 

Eslatib o‘tamiz, “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi tadbirlar muntazam ravishda respublikamizning chekka hududlarida joylashgan mahallalar kesimida o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur tadbirlar hokimlik va viloyatdagi 10 dan ziyod davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati