2024 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili va 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 8-son tergov hibsxonasi bilan hamkorlikda mazkur muassasadagi jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tanlov 6 xil yo‘nalishdagi savollar, jumladan mantiqiy, geografik, adabiyot, tarixiy kashfiyotlar, rus tili va dunyoviy bilimlar bo‘yicha o‘tkazildi.
Qizg‘in muhokama va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tanlov yakunida ishtirokchilar “Eng yaxshi jamoa” hamda jamoalar o‘rtasida “Eng faol ishtirokchilar” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati