Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi Qarshi tumanida
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka-chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 

Murojaatlar tahlili, aholi o‘rtasida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ayollar, yoshlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan huquq va imtiyozlar bilan tanishtirishga oid targ‘ibot tadbirlariga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir eng ko‘p himoya orderi so‘rab murojaat qilingan Qarshi tumanida o‘tkazildi. Tadbirda “Mevazor”, “Tinchlik”, “O‘zbekiston mustaqilligi”, “Gulshan”, “Navro‘z”, “Mirmiron” va “Navoiy” mahallalarda yashovchi 100 nafarga yaqin aholi qamrab olindi. 

Davra suhbatida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, jamiyatdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va ularning samarasi haqida batafsil ma’lumot berildi. 

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsman mintaqaviy vakilining sayyor qabuli o‘tkazilib, xotin-qizlar murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati