Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman 2023-yilda eng ko‘p murojaat yo‘llagan hududdagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2023-yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yuborgan hududlar uchligidan Toshkent shahri o‘rin olgan hamda ushbu hududda jami murojaatlar soni 2226 tani tashkil etgan. Ularda asosan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ko‘tarilgan.

Shu munosabat bilan, 2024-yilning 29-may kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti binosida o‘tkazildi.

Talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari va OAV ishtirok etishdi.

Dastlab, tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va  ahamiyati bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, tegishli masʼul idora vakillari ishtirokchilarni yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyat va imtiyozlar borasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazilgan ochiq muloqotda mazkur universitetda taʼlim oluvchi 150 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati