Uchrashuvda har ikkala davlatning inson huquqlarinini taʼminlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari, qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasidagi tajribasi haqida so‘z bordi.
Mikko Puumalaynen Ombudsman instituti tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tizim yaratilganligini eʼtirof etib, ayni bu borada Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan islohotlarni eʼtirof etdi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini maʼlum qilishdi.
Mazkur uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati