Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
2024-yilning 12-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Pavlo Byaliklar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda inson huquqlarini ta’minlashdagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Jumladan, NNT va fuqarolik jamiyati vakillarini qo‘llab-quvvatlash, qiynoq holatlari hamda oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish va ularni keltirib chiquvchi sabablarni bartaraf etish borasidagi qator takliflar bo‘yicha fikr almashildi.  

Uchrashuv konstruktiv muloqot hamda do‘stona ruhda o‘tdi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati