O‘zaro muloqot davomida mehmon Ombudsmanning qiynoq holatlarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi faoliyati bilan tanishtirildi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarni oldini olish va gender zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha eksperti O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kirgiz va Tojikistondagi qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm (MPM), bunda Ombudsman institutining bevosita ishtiroki o‘rganilayotgani, va barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida qo‘llanma tayyorlanishi rejalashtirilganini qayd etdi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati