Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istonning chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili markazdan olis hududlarda joylashgan Beruniy va Ellikqalʼa tumanlarida “Ombudsman maktabi” tadbirlarini o‘tkazdi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda Ellikqalʼa tumanidagi “Bostan”, “Ibn Sino”, “Alisher Navoi”, “Abay”, “Istiqlol”, “Toshkent” va “Iqbol” hamda Beruniy tumanidan “To‘qimachi”, “Xorazm”, “Yangiobod”, “Markaziy” va “Shabboz” mahallalarida yashovchi aholining 200 nafarga yaqini qamrab olindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan masʼul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda, Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

“Ombudsman maktabi” tadbirlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati