Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2024 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda chet elda jazo muddatini o‘tayotgan hamyurtimizga huquqiy ko‘mak berish, ishdan noqonuniy bo‘shatish, 18 yoshga to‘lganligi sababli “Muruvvat uyi”dan ketgan bolaga uy-joy ajratish, moddiy va ijtimoiy yordam olish, noreal qarzdorlikni bartaraf etish, ijro organlari harakatidan norozilik, xususiy mulk bilan bog‘liq holatlar va sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati