Toshkent shahrida joylashgan Narkologiya markazi 1977 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Muassasa 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 71 nafar bemor byudjet hisobidan davolanmoqda.
Monitoring tashrifida Narkologiya markazida davolanayotgan bemorlar sharoitlari, ovqatlanishi, ular uchun tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar sifati va muddati, ularni saqlash xonalari o‘rganildi.
Bundan tashqari, Narkologiya markazidagi bemorlar bilan suhbatlashildi. Suhbat vaqtida, muassasa rahbariyati va xodimlari ustidan shikoyatlar kelib tushmadi.
Shu bilan birga, ushbu muassasa rahbariyati bilan suhbatda, Narkologiya binosi ancha eskirganligini maʼlum qilishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati