Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ayollar koloniyasidagi 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosa berildi
Joriy yilning 5 iyul kuni 21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya aʼzolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 1021-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-eʼtiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.

Yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1159 nafar mahkumalar komissiya aʼzolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafar mahkumalar tuzalish yo‘liga o‘tgan deb xulosa berildi.

Mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosa qilishda ularning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mahkumalarning muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi kabi mezonlar ham ko‘rib chiqildi.     

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati